“Man Siti” De Bryuynega yangi shartnoma taklif qilmoqchi

Sport

image

“Manchester Siti” jamoasining belgiyalik yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne bilan shartnomani uzaytirmoqchi, chunki futbolchiga Saudiya Arabistonidan qiziqish bor. Bu haqda “Mirror” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi yetakchi futbolchisining ketishi ehtimolining oldini olmoqchi. “Shaharliklar” rahbariyati futbolchiga 2026 yilgacha yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, belgiyalik futbolchining maoshi Saudiya Arabistoniga o‘tsa, haftasiga 1 million yevrodan ko‘proq bo‘lishi mumkin – bu “Manchester Siti”nikidan deyarli 3 baravar ko‘p.

32 yoshli De Bryuyne 2015 yildan buyon “Manchester Siti”da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi “shaharliklar” safida barcha turnirlarda 4 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 60 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Kevin De Bryuyne

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made