“Kolya Qirg‘iz” va oligarx Rayimbek Matraimovning mol-mulki yana sotuvga qo‘yildi

Olam

image

“Kolya Qirg‘iz” laqabi bilan tanilgan jinoiy avtoritet Qamchibek Ko‘lboyev, Qirg‘iziston bojxona xizmati rahbarining sobiq o‘rinbosari, oligarx Rayimbek Matraimov, parlamentning sobiq deputatlari Boris San va Asqarbek Shodiyevga tegishli ko‘chmas mulklar kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda “24 kg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qirg‘iziston hukumati huzuridagi Davlat mulkini boshqarish davlat agentligi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash doirasida olib qo‘yilgan mulklarni yana ochiq kimoshdi savdosiga qo‘ygan. Agentlik saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, lotlar ro‘yxatiga ofis binolari, biznes markazi, shuningdek korxonalarning aksiyalari kiritilgan.

Kimoshdi savdosiga jami to‘qqiz lot qo‘yilib, ularning aksariyati boshlang‘ich bahosisiz ko‘rsatilgan.

Jumladan:

  • “Egizak minoralar” – Bishkekdagi ofis maydoni 773,8 kv.m. mebel bilan jihozlangan, osmono‘par binoning 14-qavatida joylashgan;
  • Toshko‘mur shahridagi “Kristall” zavodi majmuasi;
  • Cho‘lpon-Ota shahridagi “Oq Maral” dam olish markazi aksiyalari;
  • Bishkekdagi “Oy-Pari” biznes markazi;
  • Cho‘lpon-Ota shahridagi “Zodiak” dam olish markazi 3000 kvadrat metrdan ortiq;
  • “Bishkek yuk avtotransport korxonasi” YOAJning “Batken komfort” bozori tashkil etilgan maydoni bilan birgalikdagi aksiyalari.

O‘sh shahrida joylashgan boshqa noturar joylar uchun narxlar belgilangan. Shunday qilib, "Ixlos" qurilish kompaniyasiga tegishli 5 ming kvadrat metrdan ortiq ob’ekt 682,5 million somga (7,7 million dollar) baholanmoqda. "Imperial" turarjoy majmuasi hududidagi ofis maydonining (1400 kv.m.) dastlabki narxi taxminan 150 million somga (1,7 million dollar), 2300 kv.m. maydonga ega Amanat Residence turarjoy majmuasidagi ob’ekt – 251 milliondan ortiq (2,8 million dollar) somga baholangan.

Davlat agentligi yangiliklarida kimoshdi savdosiga qo‘yilgan aktivlar aniq kimga tegishli ekanligi ko‘rsatilmagan. Biroq qirg‘iz matbuotiga ko‘ra, lotlar orasida kriminal avtoritetlar va korrupsiyada ayblangan amaldorlardan tortib olingan ashyolar ham bor. Jumladan, “vorzakon” Qamchibek Ko‘lboyev, Bojxona xizmati rahbarining sobiq o‘rinbosari Rayimbek Matraimov, parlamentning sobiq deputatlari Boris San va Asqarbek Shodiyev nomlari tilga olingan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ham mashhur kriminal avtoritet va oligarxga tegishli 6,2 mln dollarlik mol-mulk sotuvga qo‘yilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

“Kolya Qirg'iz” va oligarx Rayimbek Matraimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar