Kinoaktyor Mashrab Kimsanov vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 2 may kuni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli va iste’dodli kinoaktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Kino arboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, aktyor uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng bu yorug‘ olamni tark etgan. Qayd etish joizki, oldinroq Mashrab Kimsanov og‘ir xastalikka chalingani va to‘rtinchi insultdan keyin to‘shakka mixlanib qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Mashrab Kimsanov "Vodillik kelin", "Olovli yo‘llar", "Otamdan qolgan dalalar", "Masxaraboz", “Umid”, “Zebuzar”, “Hayot mamot”, “Haqiqiy erkaklar ovi”, "Sehrli qalpoqcha", "Onaginam orzusi" kabi ko‘plab filmlarda esda qolarli rollarni ijro etgan. Shuningdek, ijodkor "Tog‘lik kuyov" filmining postanovkachi rejissyori hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Mashrab Kimsanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar