Xorijiy sarmoyadorlar uch yilga soliqlardan ozod etiladi

Jamiyat

image

Endilikda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan uch yil muddatga ozod etiladi. Bu haqda bugun, 2 may kuni Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tayotgan uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.  

Ushbu forumda davlat rahbari mamlakatda tadbirkorlik va biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator aniq choralar ishlab chiqilganini aytdi.

Bildirilishicha, yaqinda xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. 250 ta yirik korxonaning davlat ulushini va salkam 1000 ta ko‘chmas mulk ob’ektlarini sotish, 12 ta korxona aksiyalarini fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) uchun yangi dastur ham ishga tushirilgan.

Qayd etilishicha, mamlakatda tadbirkorlar barqarorligi reytingi joriy etilgan. Yuqori reytingga ega tadbirkorlik sub’ektlari uchun soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi.

Shuningdek, Prezident sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida qator aniq takliflarni bildirdi.

Birinchidan, yangi tahrirdagi “Investitsiyalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi ta’kidlandi. Ushbu hujjat Jahon savdo tashkiloti tartib-qoidalari va standartlariga muvofiq ishlab chiqildi.
 
Ikkinchidan, tez orada mamlakatda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi huzurida Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi. Ushbu sud O‘zbekiston sud-huquq tizimida alohida o‘ringa ega bo‘ladi. 

Uchinchidan, yaqin vaqtda sanoat zonalari tizimida mutlaqo yangicha yondashuvlar joriy etiladi. Sanoat zonalarini boshqarishda xususiy operatorlar, jumladan, yuqori malakali xorijiy kompaniyalarni faol jalb qilish amaliyoti kengaytiriladi. Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyat muddatlari bo‘yicha cheklovlar ham bekor qilinadi. 

Xorijiy sarmoyadorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddati 25 yildan 49 yilgacha, ya’ni, ikki barobar uzaytiriladi. Bunda, qonunlar bilan kafolatlangan amaldagi imtiyoz va preferensiyalar to‘liq saqlab qolinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made