Qirg‘izistonda yuk mashinasi 29 nafar o‘quvchini bosib ketdi (video)

Olam

image

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Suzoq tumanida muzqaymoq ortilgan kichik hajmli yuk mashinasi ommaviy tadbir vaqtida 29 nafar bolani bosib ketdi. Bu haqda "Nur.kz" xabar berdi.

Qayd etilishicha, 9 dan 16 yoshgacha bo‘lgan 29 nafar bola jarohatlangan. 18 nafar bola shifoxonaga olib ketilgan. Ulardan 7 nafari reanimatsiyaga yotqizilgan. 3 nafarining esa ahvoli og‘ir. 11 nafar bolaga voqea joyida yordam ko‘rsatilib, ambulator davolanishga yuborilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasi tepalikda to‘xtab turgan. Kutilmaganda haydovchisiz yuk mashinasi pastlikka qarab harakatlangan va respublika tanlovida “Manas” dostonini ijro etish uchun saflangan o‘quvchilarni urib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made