Isroil Rafah o‘tish joyi yaqinidagi hududlarga zarba berdi (video)

Olam

image

Genotsidda ayblangan Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektori va Misr chegarasidagi Rafah nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida joylashgan hududlarga hujum uyushtirdi. Bu haqda Falastinning WAFA rasmiy axborot agentligi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Isroil armiyasi harbiy texnikani Falastin anklavining janubidagi nazorat-o‘tkazish punktidan deyarli 200 metr uzoqlikda joylashtirgan. Ayrim binolar tomon raketalar uchirilgan, artilleriya bo‘linmalari nafaqat Rafah nazorat-o‘tkazish punkti, balki Kerem Abu Salim nazorat-o‘tkazish punktiga ham yaqin joylashgan hududlarni o‘qqa tutgan.

HAMASga yaqinligi bilan tanilgan “El-Aksa TV” G‘azo sektoridan Rafah nazorat punkti hududi kuchli o‘qqa tutilganini tasdiqladi. Guvohlarning xabar berishicha, Isroil havo kuchlari nazorat punkti yaqinidagi hududlarga zarbalar bergan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya Falastin harakati Qatar va Misrning G‘azo sektorida nisbiy o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifini qabul qilish qarorini e’lon qilgan edi. Buning ortidan Isroil harbiy Vazirlar Mahkamasi Rafahga hujumlarni davom ettirishga qaror qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made