“Imtiyozxo‘r” davlat korxonalari ro‘yxati e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda o‘tgan 2022 yilda davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan byudjetga jami 58 trln so‘m soliq to‘lovlari to‘langan. Bu esa davlat byudjeti daromadlarining 28,8 foizini tashkil etgan. 

Ammo 2022 yilda davlat ishtirokidagi 803 ta korxonalar 28 trln so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalangan. Bu esa ular tomonidan to‘langan soliqlarning yarmidan ko‘p degani.
 
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2022 yil yakuni bo‘yicha e’lon qilgan yig‘ma xisobotiga ko‘ra, davlat ishtirokidagi jami 15 ta tijorat banklari tomonidan byudjetga 4 trln so‘m soliq to‘langan. Ularga “sovg‘a” qilingan soliq imtiyozlari miqdori esa 10 trlnga yaqin.

Shuningdek, 2022 yilda davlat ishtirokidagi 40 ta eng yirik korxonalardan davlat byudjeti uchun 47 trln so‘m soliq olingan bo‘lsa, 15 trln 670 mlrdlik soliq imtiyozlari berilgan. 

Bulardan:

•  19 trln 401 mlrd so‘m soliq to‘lagan “Navoiy kon metallurgiya zavodi”ga 87,7 trln so‘m;

•  9,5 trln so‘m soliq to‘lagan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga 3 trlndan oshiq;

•  4,3 trln so‘m soliq to‘lagan “O‘zbekneftegaz” AJga 68,4 mlrd;

•  2,8 trln so‘m soliq to‘lagan “O‘ztransgaz” AJga 453 mlrdga yaqin;

 2,4 trln so‘m soliq to‘lagan “Hududgazta’minot” AJga 2,7 mlrd;

•  1 trln so‘m soliq to‘lagan “Navoiyuran” DKga esa uning yarmi miqdorida 531 mlrdlik soliq imtiyozlari berilgan.

Ajablanarlisi, 2022 yilda “Uzbekistan airways” AJ davlat byudjetiga 240 mlrd so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, unga soliqdan naq 1,5 trln so‘m imtiyoz berilgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ham 209 mlrd so‘m soliq to‘lagan, ammo 844 mlrd so‘m imtiyozga ega chiqqan. 256 trln so‘m soliq to‘lagan “Uzbekistan airports” AJ deyarli shuncha miqdorda imtiyozlarni qo‘lga kiritgan – 212 mlrd so‘m

Biroq iqtisodchi Otabek Bakirov bunday imtiyozlarga qarshi chiqib, “yo‘qolsin imtiyozlar!” demoqda. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida bir necha bor izoh yozgan.

Uning fikricha, imtiyoz va istisnolar iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va byudjet muvozanatini izdan chiqaradi. Tengsizlikni kuchaytirib, parazit monopoliyalar va oligarxiyaning o‘z foydasiga eng muhim qarorlar qabul qilishiga bevosita ta’sir o‘tkazadi va umuman inklyuzivlikni yo‘qqa chiqaradi.

“Haqiqiy tadbirkor imtiyoz emas, sog‘lom raqobat muhiti va teng imkoniyatlarni so‘raydi va talab qiladi”, degan u shunday izohlaridan birida.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Bakirov Davaktiv soliq imtiyozlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing