Kurs UZS

USD

12 994.59

13.7

EUR

14 761.85

38.92

RUB

157.68

-0.99

Tramp koronavirusga qarshi qanday dori ichayotgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampning aytishicha, ko‘plab amerikaliklar, shu jumladan o‘zi ham koronavirusdan o‘zini himoya qilish uchun gidroksixloroxinni qabul qilmoqda. Bu haqda u Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

AQSH olimlari koronavirusni to‘liq bloklab, organizmni undan 4 kunda xalos etuvchi antitanani aniqladilar north_east

AQSH olimlari koronavirusni to‘liq bloklab, organizmni undan 4 kunda xalos etuvchi antitanani aniqladilar

Tramp jurnalistlarga, bir necha hafta davomida kuniga bitta tabletkadan ushbu dorini ichganini aytdi. Buni ko‘pgina shifokorlar va kasallik xavfi yuqori bo‘lgan joylarda ishlaydigan odamlar qabul qilayotganini ma’lum qildi.

Tramp gidroksixloroxinni nega qabul qilishga qaror qilganini ham aytib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, ushbu dori haqida u yaxshi gaplar eshitgan. Shuningdek, Prezident bu dorini ichishiga Oq uy shifokorlari qarshilik ko‘rsatmagan.

Ma’lumot uchun, gidroksixloroxin — o‘nlab yillar davomida mavjud bo‘lgan bezgakka qarshi doridir. Ko‘pgina mamlakatlarda so‘nggi oylarda koronavirusni davolashda ushbu doridan foydalanilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

293

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing