Amaldagi jahon chempionlari jahon kubogini Polshaga tashlab qaytishdi
Sport
−
17 iyul 2019
5450Ayni kunlarda Polshada mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida Jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Jamshid Asadov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. Futbolchilar guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, chorak finalga yo‘l oldi. Chorak finalda o‘zbekistonliklarga Belgiya terma jamoasi raqiblik qildi. Biroq murosasiz ruhda kechgan bellashuvda omad raqiblarga kulib boqdi va yakunda O‘zbekiston terma jamoasi 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Kecha, 16 iyul kuni tunda O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari mamlakatga qaytib keldi. Ularni O‘FA vakillari hamda futbol ishqibozlari kutib oldi.
Eslatib o‘tamiz o‘tgan yili o‘tkazilgan jahon chempionatida Jamshid Asadov murabbiyligidagi terma jamoa jahon kubogini O‘zbekistonga olib kelishgan edi.
LiveBarchasi
Toshkentda podstansiya yonib ketdi.
11 aprel
Trenddagilar

