Diqqat, kuchli shamol! FVB ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Toshkent shahar FVB bugun, 9 may kuni poytaxt hududida kuchli shamol bo‘lishi kutilayotganligi sababli aholidan kerakli xavfsizlik choralariga rioya qilishni maslahat berdi.

Jumladan:   

  • yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
  • ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
  • ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
  • shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
  • buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi.

O‘z navbatida, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslikni tavsiya etadi.


Maqola muallifi

Teglar

kuchli shamol FVB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing