Byudjetda o‘qigan talabalarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi

Jamiyat

image

Ta’lim granti asosida o‘qigan talabalarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ jurnalisti Mohinur Mamatova xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shakliga bo‘linadi. Ta’lim granti talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi. O‘z navbatida byudjetda o‘qigan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor bo‘ladi. Ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant esa maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi.

"Grant taqsimlanganidan keyin o‘z-o‘zidan doimiy ishlab berish majburiyati yo‘qoladi, diplomlari vaqtida beriladi. Hozir ham diplom olishda muammo yo‘q, [grantda o‘qigan] bitiruvchilarga elektron shakllantirilyapti. O‘tgan yildan boshlab bitiruvchilarimiz original diplomga deyarli kelishmayapti. Chunki xohlagan ish beruvchi yagona reyestrdan ko‘rib olyapti. Oldingidek vazirlikka rostdan ham shu oliygohda o‘qigani haqida xat yozish yo‘qolgan hozir", deydi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqov.


Maqola muallifi

Teglar

davlat granti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made