Adliya vazirligiga xalqaro reytinglar bo‘yicha yangi vazifalar yuklatildi
Jamiyat
−
03 iyun 2020
4989Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi farmoni imzolagani haqida xabar berdik.
Ushbu farmonga ko‘ra, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi Kengashning ishchi organlari etib belgilandi.
Shu bilan birga, farmon bilan Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etildi.
Mazkur boshqarmaning vazifasi etib:
• siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasiga berilgan baholarni tahlil qilish;
• xalqaro reytingda O‘zbekistonning baholariga sabab bo‘lgan omillarni bartaraf etish jarayonini muvofiqlashtirish;
• normativ-huquqiy hujjatlarni loyihalarini O‘zbekistonning reytinglardagi o‘rniga ta’siri bo‘yicha baholash;
• siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslarni tuzuvchi xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish belgilangan.
LiveBarchasi