Ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishda to‘lov kamaytiriladi

Jamiyat

image

Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida malaka sertifikatining dublikati berilganligi uchun davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi to‘lov miqdorlari kamaytiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari ko‘rsatishning infratuzilmasi takomillashtirilganligi va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qarorida belgilandi.

Qaror bilan bir qator davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi to‘lov miqdorlari kamaytirildi. Jumladan, Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida malaka sertifikatining dublikati berilganligi uchun BHMning 10 foizi miqdorida to‘lov undirilishi belgilandi.

Hozirgacha bu xizmat turi uchun to‘lov miqdori  BHMning 50 foiziga teng edi.

Qaror 2021 yil 1 dekabrdan boshlab kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

davlat xizmati

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made