Anjelina Joli 7-farzandni asrab olmoqchi

Madaniyat-san’at

image

Gollivudning mashhur yulduzi Anjelina Joli yana farzand asrab olish haqida o‘ylab ko‘rmoqda. Bu haqda Rossiyaning "Spletnik.ru" nashri xabar berdi.

Aktrisa 2014 yilda yana bir mahoratli aktyor Bred Pitt bilan turmush qurgan va yulduzli juftlik oradan ko‘p vaqt o‘tmay, 2016 yilning kuzida ajrashgan edi. Yaqin yillarga qadar davom etgan ajrim masalalaridan biroz dam olgan aktyorlar endi yana o‘zlariga e’tibor berishni boshlagan. Xususan, Anjelina yana filmlarda rol o‘ynashni, xayriyalarda qatnashishni boshladi. Ayni kunlarda esa u 7-farzandni asrab olish masalasini o‘ylab ko‘rmoqda.

Aktrisa yaqinda Yamaykaga uchib ketgan. Taxminlarga ko‘ra, Anjelina bolani o‘sha yerdagi mahalliy bolalar uylaridan biridan olishi mumkin.

Bola asrab olish qarorining qabul qilinishiga aktrisaning yolg‘iz qolish xavotiri sabab bo‘lishi mumkin. Chunki dastlab asrab olingan 3 nafar bola mustaqil katta hayotga qadam qo‘yish arafasida. Tez orada 17 yoshli Shiloh uyni tark etadi.

Ma’lumot o‘rnida, "Madeformums.com" saytining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 2006 yilda tug‘ilgan Shiloh Nouvel hamda 2008 yilda dunyoga kelgan egizaklar Knox Leon va Viviyenne Marcheline juftlikning biologik farzandlaridir.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Anjelina Joli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing