AQSH Ukrainadagi urushda Rossiyani qo‘llaganlarga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

Olam

image

AQSH Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiv urushi tarafdorlariga qarshi yangi sanksiyalar paketini joriy qildi. Bu haqda kecha, 1 may kuni AQSH Moliya vazirligi bayonot berdi.

Bildirilishicha, Moskvaga Ukrainaga qarshi urush uchun qurol va harbiy texnika olishda yordam berishda gumon qilingan Rossiya, Xitoy va boshqa mamlakatlardan 300 ga yaqin shaxs va kompaniyalarga nisbatan jazo choralari qo‘llanilmoqda.

Hisobotda aytilishicha, sanksiyalar nafaqat Rossiya firmalariga, balki boshqa mamlakatlarning qariyb 60 kompaniyasiga, jumladan, Rossiyaga qurol ishlab chiqarish yoki harbiy dasturlarni amalga oshirish uchun asosiy komponentlarni olishga yordam bergan Xitoy va Xitoyning Gonkong ma’muriy hududidagi 16 ta korxonaga ham qaratilgan.

Hujjatda keltirilishicha, ushbu kompaniyalarning aksariyati Rossiyaga qurol ishlab chiqarish uchun taqiqlangan butlovchi qismlar yoki materiallarni olishga yordam bergan.

Yana besh davlat – BAA, Turkiya, Ozarbayjon, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo Belgiya va Slovakiya kompaniyalariga ham sanksiya qo‘yilgan.

Bundan tashqari, Rossiyaning 200 dan ortiq firmasi, jumladan mudofaa, transport yoki yuqori texnologiyalar sohalarida ishtirok etgan yuzga yaqin firma sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

AQSH Davlat departamenti ham ishtirok etgan jazo choralari orasida vizani taqiqlash, moliyaviy aktivlarni muzlatish va sanksiyalangan kompaniyalar bilan biznes yuritishni taqiqlash kiradi.

AQSH Moliya vaziri Janet Yellenning aytishicha, yangi sanksiyalar Rossiyaning harbiy sa’y-harakatlarini "harbiy-sanoat bazasi va jazolarni chetlab o‘tuvchi tarmoqlarga qaratilgan" choralar orqali yanada zaiflashtiradi.

Qayd etish joizki, yangi sanksiyalar paketi AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 60 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini taqdim qiluvchi qonunni imzolaganidan bir hafta o‘tib joriy etildi.

“Birgalikda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashimiz va Rossiya harbiy salohiyatini tinimsiz nishonga olishimiz Ukrainaga jang maydonida muhim ustunlikni beradi”, deydi Yellen.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Xitoy Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made