9 ta soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi 9 ta tuman (shahar) soliq inspeksiyalariga yangi boshliqlar tayinlandi. Bu haqda qo‘mita saytida ma’lum qilindi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Qosim Turimbetov Paraxatovich Qo‘ng‘irot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1984 yil Chimboy tumanida tug‘ilgan. Bunga qadar Xo‘jayli tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Buxoro viloyati

Shohrux Hasanov Shuhratovich Qorako‘l tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1987 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar u Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yashinjon Karimov Abdurashidovich  Qorovulbozor tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1985 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar u Kogon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Anvar G‘afurov Ahrorovich Buxoro shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1984 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar u Qorovulbozor tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Samarqand viloyati

O‘tkir Bayzaqov Saydullayevich Payariq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1971 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar u Ishtixon tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Zafar Jozilov Abdug‘ofurovich Ishtixon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1982 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar u Qo‘shrabot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yusuf Pardayev Abdisalomovich Qo‘shrabot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.  U 1990 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar u Samarqand viloyati soliq boshqarmasida davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Madaminbek Erkinov Ulug‘bek o‘g‘li Nurobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1994 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar u Past Darg‘om tumani soliq inspeksiyasida davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sardor Abdullayev Aminbayevich Urganch shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1980 yil Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar u Qo‘shko‘pir tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Soliq qo'mitasi soliq inspektsiyalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made