2022 yilda shaharsozlik qoidalarini buzgan 6 mingdan ortiq mansabdor javobgarlikka tortildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2022 yilda qurilish bo‘yicha inspeksiya nazorati qancha ob’ektga nisbatan chora ko‘rilgani haqida ma’lumot berdi. Bu haqda kecha, 27 yanvar kuni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashkil qilingan yig‘ilishda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Kozim To‘laganov ma’lum qildi.

Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan 2022 yilda jami 32 mingdan ortiq ob’ektlar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularda 113 mingdan ortiq nazorat ishlari amalga oshirilgan. Mazkur ob’ektlarda bosh rejalarning buzilish holatlari soni 807 tani tashkil etgan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi (shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bo‘yicha jami 6116 ta mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanildi. 

Bundan tashqari, 2022 yil davomida 1221 ta ob’ektning qurilish-montaj ishlari to‘xtatildi. 433 ta ob’ektda buzilish ishlari olib borildi. Jumladan, inspeksiyalar tomonidan 49 ta holatda qurilish uchun yer ajratishda hokimlarning qarorlari bekor qilingan. Mualliflik va texnik nazoratni buzgani uchun 874 ta litsenziya va hujjat bekor qilindi. Sifatsiz qurilish ashyosidan foydalangani uchun 396 ta ob’ekt yuzasidan tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar berilgan.

“Fuqarolar yozayotgan har bir murojaat to‘g‘ri aslida, biz bu borada mas’uliyatsizlik qilishga haqqimiz yo‘q. Har bir qurilayotgan ob’ekt uchun barchamiz birdek javob berishimizni unutmasligimiz kerak”, deydi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Kozim To‘laganov.

Shuningdek, yig‘ilishda o‘z xizmat vazifasi davomida sustkashtlikka hamda qo‘pol qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygani uchun Buxoro hamda Andijon viloyati inspeksiya rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilgani aytib o‘tildi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

qurilish shaharsozlik ma'muriy javobgarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made