Koronavirus yuqtirgan ikki o‘zbekistonlik fohisha emas – Qozog‘iston politsiyasi
Olam
−
09 aprel 2020
13622Ijtimoiy tarmoqlarning qozoq segmentida Qozog‘istonda koronavirus aniqlangan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ikki nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullangani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarga ko‘ra, ular koronavirus aniqlanganlar bilan jinsiy aloqada bo‘lgan.
Qozog‘istonning Mang‘istov politsiya departamenti bu xabarni rad qildi.
“Bu xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Pandemiya fonida turli yolg‘on axborotlar tarqalishi mumkin, aholi bunga tayyor bo‘lishi kerak. To‘g‘ri xabarlar ishonchli rasmiy manbalardan berilishini bilish muhim. Yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilangan”, deyiladi departament xabarida.
Ma’lumot uchun, koronavirus aniqalangan o‘zbekistonliklar Oqtovda vaqtincha yashab kelgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 759 nafarga yetdi. Ularning 7 nafari vafot etdi va 54 nafari sog‘ayib ketdi.