So‘m dollar oldida yana qadrsizlandi
Jamiyat
−
17 avgust 2020
13928O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, ertaga, 18 avgustdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 246 so‘m 71 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 15 so‘mga qimmatlagan.
1 yevro kursi 12 133 so‘m 13 tiyinga baholanib, 74 so‘m 4 tiyinga qimmatlashdi.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 2 so‘mga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 140 so‘m 65 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

Toshkent viloyatida betonchi 21 oy davomida maosh olmadi
30669
13 aprel

Andijonda erkak 52 ta radarga pnevmatik quroldan o‘q otdi
22782
14 aprel

Istanbulda o‘zbekistonlik ayol turk erini pichoqlab o‘ldirdi
19752
13 aprel