O‘zbekistonda 147 kishi YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning boshidan to bugunga qadar O‘zbekistonda 147 nafar fuqaro yo‘l-transport hodisalari oqibatida vafot etdi. Bu haqda bugun, 19 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB da o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.  

Brifingda qayd etilishicha, 18 fevralga qadar respublika bo‘yicha haydovchilar tomonidan jami 477 477 ta yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari aniqlangan. Bunda 144 751 tasi qo‘pol qoidabuzarliklar, 3 622 tasi mast holda transport vositasini boshqarish, 17 403 tasi piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya etmaslik, 2 230 tasi xavfsizlik kamarini taqmasdan transport vositasini boshqarish holatlaridir.

Yana shuni takidlash kerakki Sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida tan jarohati olganlar soni esa yil boshidan 584 nafarni tashkil qilgan. 

Bunda, 
- Toshkent shahrida 116 nafar, 
- Toshkent viloyatida 89 nafar,
- Namangan viloyatida 63 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made