Kurs UZS

USD

12 966.38

19.18

EUR

14 213.75

-8.75

RUB

150.23

-3.15

AQSHda koronavirusga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazilmoqda 

Jamiyat

image

Sietldagi Milliy allergiya va yuqumli kasalliklar instituti ko‘ngillilarda yangi koronavirus vaksinasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda AiF xabar bermoqda.

Sinov jarayonida 45 kishi ishtirok etadi. Ularning har biriga 28 kunlik ikki martalik vaksina yuboriladi.

Tramp vaksina sinovini tezlashtirdi. Sinov bugun bo‘lib o‘tadi north_east

Tramp vaksina sinovini tezlashtirdi. Sinov bugun bo‘lib o‘tadi

Vaksina Milliy institut tomonidan Massachusets shtatidagi Moderna biotexnologiya kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Virus infeksiyasining oldini olish uchun hozirda tasdiqlangan vaksinalar mavjud emas, ammo amerikalik olimlar SARS sindromi va MERS kabi koronaviruslarining dastlabki tadqiqotlari tufayli mRNA-1273 ni ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Olimlar koronavirusning yangi turiga qarshi xavfsiz vaksina bemor aholi orasida o‘limning oldini oladi va og‘ir holatlar sonini kamaytiradi, deb umid qilmoqda.

Koronavirus dorilari hozirda butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqarilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh vaktsina

Baholaganlar

276

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing